Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kongoda bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Kongoda bortida 300 nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Kongo Demokratik Respublikasi (Kongo DR) g‘arbidagi Lukeni daryosida ichida 300 ga yaqin kishi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, halokatdan keyin bir necha kishi omon qolgan, o‘nlab yo‘lovchilar cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bedarak yo‘qolgan yoki halok bo‘lganlarning sonini aniqlash hali ham qiyin bo‘lmoqda.

Iyun oyida KDRda kema halokati oqibatida kamida 86 kishi, jumladan 21 bola halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 20:45 21.08.2024. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!