Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Komil Xolmurodov Mirzacho‘l tumaniga hokim bo‘ldi

Komil Xolmurodov Mirzacho‘l tumaniga hokim bo‘ldi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Komil Xolmurodov tuman hokimi etib tayinlandi. U bungacha viloyat prokurorining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Sessiyada Bosh prokuror Otabek Murodov qatnashdi.

Ma’lumot uchun, tumanning avvalgi hokimi Mahmud Xolbo‘tayev Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Kiritildi: 15:59 02.11.2018. O'qildi: 2777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!