Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Toshkentga hokim bo‘lishi haqidagi xabarlarga javob qaytardi.
"Meni Toshkent shahriga hokim bo‘lyapti, degan mish-mish gaplar kimga va nima uchun kerak bo‘ldi, bilmadim. Bunday fitnalar faqat ahmoqlardan chiqadi. Va ularning maqsadi toza emasligi aniq. Xudo insof bersin hammamizga.
Oldin ham aytganman, hozir ham aytaman — oson emas hokim bo‘lish", deb yozadi u.