Kolumbiyada halokatga uchragan "Hercules" harbiy samolyoti bortida 125 kishi bo‘lgan, ulardan kamida 48 nafari tirik qolgan.
Bu haqda Kolumbiya Harbiy havo kuchlari qo‘mondoni Karlos Fernando Silva Rueda X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Bortda 114 nafar yo‘lovchi va 11 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hozirgi vaqtda qutqarilgan 48 nafar jabrlanuvchi haqida ma’lum», — deb yozdi u va jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilganini qo‘shimcha qildi.