Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro ijtimoiy tarmoqda "Ukraina Rossiya bilan tinchlik o‘rnatishi, mustamlakachilikni bo‘yniga olmasligi" kerakligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hozir mustamlakachilik xavfi ostida.
– Dunyo mustamlakalarga bo‘linishi tarixda Birinchi jahon urushiga olib kelgan, – deb yozdi Petro. – Ukraina ham hech kimga mustamlaka bo‘lmasdan, Rossiya bilan sulh tuzishga qaror qilishi butun insoniyatga o‘rnak bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, 3 mart kuni boshqa nashr Kolumbiya rahbari Vladimir Zelenskiyni tanqid qilgani to‘g‘risida yozgan edi:
– Zelenskiy urushni G‘arb quroli bilan boshlagan va hozir o‘zini xiyonat qilgandek his qilmoqda, – degan o‘shanda Petro.