Kolumbiyadagi koka plantasiyalari maydoni 2023 yilda 10 foizga oshib, 253 ming gektarga yetdi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi yillik hisobotida aytiladi.
Qayd etilishichai, bu rekord ko‘rsatkich bo‘lgan.
Hisobotga ko‘ra, potensial kokain ishlab chiqarish 53 foizga oshgan.
BMT ekspertlari kokain ishlab chiqarish potensialini 2664 tonnaga baholamoqda.
«Bugungi kunda bir gektar koka hosili ikki yil oldingiga qaraganda ikki baravar ko‘p kokain ishlab chiqarmoqda», dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi mintaqaviy direktori Kendis Uels Bogotaga tashrifi chog‘ida.