Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kollej va texnikumlarga imtihonlar 20 noyabrdan 30 noyabrgacha o‘tkaziladi

Kollej va texnikumlarga imtihonlar 20 noyabrdan 30 noyabrgacha o‘tkaziladi

Bu haqda AOKA press-xolida tashkil etilgan matbuot anjumanida DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi:

— Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori va Davlat komissiyasining 7-son bayoniga ko‘ra, kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlari 20 noyabrdan 30 noyabrga qadar (shu kuni ham) o‘tkazilishi belgilangan.

✏️ Test sinovlarini tashkil etish tartibi oliy ta’lim test jarayonlariga o‘xshab ketadi. Ya’ni, ikki bosqichda o‘tkaziladi. Abituriyentlar test sinovlari belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelishi talab etiladi.

Test sinovlariga faqat pasport va ruxsatnoma bilan kiritiladi.

❗️Test sinovlari ikkita mutaxassislik fanidan iborat bo‘lib, har bitta fanda 30 tadan savol bo‘ladi. Har bitta fan uchun 1 soatdan vaqt ajratiladi.

📄 Umumiy ball 189 balni tashkil etadi. Bunda birinchi blok uchun 3.2 ball, 2 blok uchun 3.1 ball beriladi.
 

Kiritildi: 18:18 16.11.2020. O'qildi: 2292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!