Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Kolbasa aslida qanday tayyorlanishini bilsangiz, uni yemaysiz»

«Kolbasa aslida qanday tayyorlanishini bilsangiz, uni yemaysiz»

Kolbasa ishlab chiqaruvchilarga noqonuniy tarzda go‘sht yetkazib berish holatlari alohida reydlar bilan o‘rganilmoqda. Bu haqda 19 iyul kuni O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Anjumanda O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abror Akbarov kolbasaning qanday tayyorlanishini ko‘rgan odam kolbasa yemay qo‘yishini ta’kidladi.

«Kolbasa qayta ishlanuvchi mahsulot hisoblanadi. Kolbasa aslida qanday tayyorlanishini bilsangiz, uni yemaysiz», — dedi Akbarov.

Qo‘mita raisi o‘rinbosarining ma’lum qilishicha, kolbasa ishlab chiqaruvchilarga noqonuniy tarzda go‘sht yetkazib berish holatlarining oldini olish maqsadida alohida reydlar o‘tkazilmoqda.

«Butun dunyoda kolbasa ishlab chiqaruvchilar o‘zlari uchun alohida ferma qurmaydi. Kolbasa ishlab chiqaruvchilarga noqonuniy tarzda go‘sht yetkazib berish holatlari ham uchrab turadi. Besh qo‘l barobar emas. Buning oldini olish maqsadida Karantin xizmati bilan birga patrul postlar va belgilangan boshqa joylarda alohida reydlar uyushtiramiz. Bundan tashqari, noqonuniy sex tashkil qilib olgan shaxslar bo‘yicha ham ish olib bormoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi qo‘mita vakili.

Kiritildi: 20:30 19.07.2019. O'qildi: 7137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!