Buxoro viloyati Kogon tumanida 11 oktyabr kuni «Volga» avtomobilining gaz balloni portlab ketdi. Bu haqda Yo‘l xarakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, hodisa A-380 yo‘li Buxoro–G‘uzor–Denov yo‘nalishining 207-kilometrida sodir bo‘lgan. Voqea oqibatida avtomobil ichidagi yo‘lovchi va haydovchi vafot etgan. Qayd etilishicha, hodisaga avtomobilga o‘rnatilgan gaz ballonining nosozligi sabab bo‘lgan.