O‘zenergoinspeksiyaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Kogon tumanida joylashgan “T.” MCHJga qarashli binoda qoidabuzarlik holati aniqlandi.
Tekshiruvda mazkur ob’ektning elektr qurilmalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulangan holda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelingani ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 204 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.