Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kofi Annan vafot etdi

Kofi Annan vafot etdi
Bugun, 18 avgust kuni BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan 80 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U betob bo‘lib, Shveysariyadagi shifoxonaga borgandan keyin vafot etgan. Siyosiy arbob yaqinda janubiy Afrikada bo‘lib, shu kuni ertalab Shveysariyaga tashrif buyurgan.

Motam marosimiga yig‘ilganlar: "Biz bugun motam marosimida ekanmiz buyuk insonni buyuk yaratuvchini, boshqaruvchimizni yo‘qotdik, u namunali hayot kechirdi”, deb fikr bildirganlar.

Kofi Annan 1938 yilda Gananing Kumasi shaxrida tug‘ilgan. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, siyosat arbobi 1997 yildan 2006 yilgacha 7 marotaba BMTning bosh kotibi lavozimiga saylangan.

Annan vafotidan oldin betobligida rafiqasi Nane farzandlari Ama, Kojo va Nine yonida bo‘lganlar.

“Ayni damda chuqur qayg‘udamiz lekin biz uning barchaga o‘rnak bo‘ladigan hayotini ommaga ma’lum qilamiz” degan oilasi.

Eslatib o‘tamiz, bundan 791 yil avval – 1227 yil 18 avgustda Mo‘g‘ul davlat asoschisi Chingizxon ham vafot etgan.
 
Manba: qalampir.com
 
 
Kiritildi: 21:02 18.08.2018. O'qildi: 1423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!