Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kobuldagi maktabda sodir etilgan portlash qurbonlari soni oshmoqda

Kobuldagi maktabda sodir etilgan portlash qurbonlari soni oshmoqda

Kobulda ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 43 kishiga, jarohat olganlar esa 83 kishiga etdi.

Bu haqda BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi ijtimoiy tarmoqda yozib qoldirgan.

BMT missiyasi xabarida ta’kidlanishicha, qurbonlar soni hali yana ortishi mumkin.

Avvalroq OAV 35 kishi halok bo‘lgani va 82 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, portlash Dashte Barchi tumanidagi hazoralar yashaydigan hududdagi «Koj» maktabida sodir bo‘lgandi.

Kiritildi: 21:59 03.10.2022. O'qildi: 2332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!