Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Klublar o‘rtasidagi JChning yangi formati taqdim etildi

Klublar o‘rtasidagi JChning yangi formati taqdim etildi

FIFA rasmiy saytida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yangi formatini taqdim qildi. Yangilik 2025 yildan kuchga kiradi.

Endi musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etadi (ilgari 7 ta edi). Ular har birida 4 ta jamoadan iborat 8 ta guruhga bo‘linadi. Har bir klub guruh bosqichida 3 tadan o‘yin o‘tkazadi. Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi o‘rinni egallagan jamoalar turnirning 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi.

2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati AQShda 15 iyundan 13 iyulga qadar davom etadi.

Kiritildi: 09:53 02.03.2024. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!