Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Kiyimning ho‘li bilan namozga chiqish mumkinmi?

Kiyimning ho‘li bilan namozga chiqish mumkinmi?

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Men junublik asarini Nabiy sollallohu alayhi vasallamning kiyimlaridan yuvib qo‘yar edim. U zot namozga kiyimlaridagi suvning ho‘li bilan chiqar edilar».

Beshovlari rivoyat qilganlar.

Sharh: Oisha onamizning «junublik asarini» deganlari, maniyning asari deganidir. Chunki insondan maniy chiqqanda junub bo‘ladi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1.Kiyimga maniy tegsa, yuvib tashlash zarurligi.

2.Ayol kishi erining kiyim-boshlarini yuvib, tuzatib borishi kerakligi.

3.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning mutavoze ekanliklari.

4.Kiyimning ho‘li bilan namozga chiqish mumkinligi.

5.Maniy najosat ekani.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 11:03 08.07.2019. O'qildi: 1905 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!