Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Kitob tumanida 7 qavatli uylar quriladi. Uylarning narxi qancha?

Kitob tumanida 7 qavatli uylar quriladi. Uylarning narxi qancha?

Kitob tumanida dastlabki zamonaviy ko‘rinish va qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlanadi.
Kitob shahri Katta yo‘l ko‘chasida qad rostlaydigan «YANGI HAYOT» turar joy majmuasi  qurilishi «SAIDAKBAR BULDINGS»  korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
«Nasafnews» muxbiri uylarning narx-navosi bilan qiziqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 4-qavatdan 7-qavatgacha bo‘lgan turar-joylar 18 foizga 20 yilga kreditga beriladi. Boshlang‘ich to‘lovi bor.
2 va 3-qavatda joylashgan uylarning to‘lovini 18 oyga amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi.

2-qavatda joylashgan 2 xonali uy 277 mln so‘m.
3-qavatda joylashgan 2 xonali uy esa 257 mln so‘mni tashkil qiladi.
3-qavatda joylashgan 3 xonali uy 317 mln so‘m
2-qavatda joylashgan 3 xonali uy esa 465 mln so‘m (To‘lovni 18 oy davomida to‘liq amalga oshirish darkor)

20 yilga kreditga beriladigan uylar narxi 

4-qavatdan 7-qavatgacha bo‘lgan 2 xonali uylar narxi 257 mln so‘m. Boshlang‘ich to‘lov 77 mln so‘m.
4-qavatdan 7-qavatgacha bo‘lgan 3 xonali uylar narxi esa  317 mln so‘m.  85 mln co‘m boshlang‘ich to‘lov to‘lashingiz kerak.

Mazkur turar joylar 2021 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Kiritildi: 17:09 29.05.2020. O'qildi: 7241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!