Xonanda Filipp Kirkorov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni unga xiyonat qilganlikda aybladi.
Bu haqda “Mk.ru” yozmoqda.
Kirkorovning so‘zlariga ko‘ra, u va Zelenskiy ajralmas bo‘lishgan, birgalikda sahnada va televizorda chiqishlar qilishgan, ammo endi Ukraina prezidenti unga xiyonat qilgan.
"Ehtimol, Ukrainaga hech qanday yomonlik qilmagan Filipp Kirkorovning xalq artisti masalasini qandaydir tarzda hal qilish kerak bo‘lgandir...", degan xonanda mamlakatga kirishi taqiqlanganligiga izoh berib.
SSSRda tug‘ilganligini yana bir bor eslatib o‘tgan Kirkorovning aytishicha, u uchun Ukraina, Belorussiya va Moldova "yagona madaniy musiqiy makon" bo‘lib, unda chegaralar yo‘q.