Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kimlarga ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlasa ham ish staji hisoblanadi?

Kimlarga ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlasa ham ish staji hisoblanadi?

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari, ularning egalariga mehnat stajini hisobga olish va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishini nazarda tutadigan tartib joriy qilingan.

O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar — xizmatlar ko‘rsatishni, ishlar bajarishni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmagan va yollanma mehnatdan foydalanmaydigan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan vaqtinchalik mehnat guvohnomalarini rasmiylashtirgan shaxslardir.

Vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilgan sanadan boshlab va ular amal qilishining butun davri pensiyani hisoblab chiqarish uchun fuqarolarning mehnat stajiga hisoblanadi, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

 

 

Kiritildi: 19:39 14.02.2020. O'qildi: 2679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!