Bugun 3 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kim Chen Inning vazni 140 kilogrammdan oshishi aytilmoqda

Kim Chen Inning vazni 140 kilogrammdan oshishi aytilmoqda

Janubiy Koreya razvedkasi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning vazni 140 kilogrammdan oshganini baholamoqda. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, uning holati «o‘ta darajadagi semirish» bilan tavsiflangan.

Janubiy Koreya maxsus xizmatlari ma’lum qilishicha, Kim Chen In ko‘p sigareta chekadi va yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha yuqori xavf guruhiga kiradi.

Razvedka Kim Chen Inning sog‘lig‘ini mamlakat xavfsizligi uchun muhim omillardan biri sifatida baholamoqda. Uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq har qanday o‘zgarish Shimoliy Koreya va mintaqadagi vaziyatga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: 19:35 02.10.2026. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!