Bugun 25 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In yig‘lab, kechirim so‘radi

Kim Chen In yig‘lab, kechirim so‘radi

KXDR rahbari Kim Chen In harbiy texnika paradida mamlakat fuqarolaridan kechirim so‘radi va yig‘lab yubordi, deb xabar bermoqda “The Korea Times”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In Shimoliy Koreya xalqining yuqori ishonchiga qaramay, unga bildirilgan umidlarni to‘liq oqlay olmasligini ta’kidlagan.

"Menga buyuk shaxslar Kim Ir Sen va Kim Chen Irning ishini davom ettirgan holda ushbu mamlakatni boshqarishdek katta mas’uliyat yuklangan bo‘lsa-da, mening harakatlarim va samimiyligim fuqarolarimizni hayotdagi qiyinchiliklardan xalos qilish uchun yetarli bo‘lmadi. Men juda afsusdaman", deya ta’kidlagan rahbar va ko‘zoynagini yechib, ko‘z yoshlarini artgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, KXDR rahbarining o‘z his-tuyg‘ularini namoyish etishi uning rahmdil va global lider ekanligini ko‘rsatishga qaratilgan.

Kiritildi: 22:12 12.10.2020. O'qildi: 9305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!