Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kim Chen In «mo‘’jizalar tarixi» haqida gapirib berdi

Kim Chen In «mo‘’jizalar tarixi» haqida gapirib berdi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In KXDR aholisi mamlakatga tashqaridan bo‘layotgan bosimni bardosh bilan yengayotganini aytdi. Bu haqda davlat rahbari Samchjiyon uyezdidagi qurilishga tashrif buyurgan chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

«Hozir dushman kuchlar tomonidan sanksiyalar va bosim tufayli bizning sosializm yo‘lidagi olg‘a siljishimizda shafqatsiz to‘siqlar paydo bo‘lmoqda, ammo partiya da’vati bilan ruhi ko‘tarilgan xalqimizning qaynoq tashabbusi sharofati bilan, eng qiyin va og‘ir sharoitlarda mo‘’jizalar tarixi yozilmoqda», — deb hisoblaydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator mamlakatlar cheklov choralari yordamida «KXDR taraqqiyoti yo‘lida qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda».

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 16:33 20.08.2018. O'qildi: 1215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!