Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In Janubiy Koreya bilan yo‘llar to‘sib qo‘yadi

Kim Chen In Janubiy Koreya bilan yo‘llar to‘sib qo‘yadi

Shimoliy Koreya Bosh shtabi Koreya yarimorolidagi vaziyatning yomonlashuvi mamlakat xavfsizligi uchun «qat’iyroq choralar ko‘rishni» talab qilishini aytdi. Shu munosabat bilan KXDR Janubiy Koreya bilan avtomobil va temir yo‘llarni to‘sib qo‘yadi, deya xabar beradi KCNA.

Shimoliy Koreya Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR suverenitetiga tajovuz qilish uchun kuch ishlatishga urinishlarini ochiq ko‘rsatuvchi «dushman kuchlarning qarama-qarshilik maniyasi» Koreya yarimorolidagi xavfsizlik holatini oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltiradi. Misol tariqasida departament Janubiy Koreya va AQSh o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlarni keltirdi.

«9 oktyabrdan Janubiy Koreya bilan avtomobil va temir yo‘llarni butunlay to‘sib qo‘yish va ularni kuchli mudofaa inshootlari bilan mustahkamlashga qaratilgan qurilish ishlari boshlanadi. Har qanday sharoitda ham Janubiy Koreya bilan janubiy chegarani doimiy blokada qilish... urushni to‘xtatish va respublika xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan o‘zini-o‘zi mudofaa chorasidir», — deyiladi KXDR Bosh shtabi bayonotida.

Kiritildi: 12:05 09.10.2024. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!