Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Kiyevga yordamni to‘xtatish Germaniya uchun qimmatga tushadi — Jahon iqtisodiyoti instituti

Kiyevga yordamni to‘xtatish Germaniya uchun qimmatga tushadi — Jahon iqtisodiyoti instituti

Germaniyaning Kil shahridagi Jahon iqtisodiyoti instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan joriy yilning avgustigacha Ukrainaga umumiy qiymati 10,6 milliard yevrolik harbiy yordam ko‘rsatilgan. Bu yiliga o‘rtacha 4 milliard yevro yoki Germaniya yalpi ichki mahsulotining taxminan 0,1 foiziga to‘g‘ri keladi.

"Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Germaniyaga harbiy xarajatlarning oshishi, qo‘shimcha qochqinlarning kelishi, shuningdek, Ukraina bilan savdo va investisiyalarni yo‘qotish natijasida katta xarajatlarni keltirib chiqaradi", deya qayd etilgan hisobotda.

Tadqiqot mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday ssenariyda Germaniya har yili YAIMning 1 foizidan 2 foizigacha bo‘lgan xarajatlarga duch keladi. Bu Kiyevga hozir ko‘rsatilayotgan harbiy yordamdan taxminan 10-20 marta ko‘proq.

2022 yil fevralidan buyon Germaniya Ukraina bilan Bundesver zaxiralaridan 5,2 milliard yevro qiymatidagi qurol-aslahalar taqdim etdi. Bu vaqt ichida 88 ta Leopard 1 A5 tanklari va 140 ta Marder piyodalar jangovar mashinalari, shuningdek, turli xil qurol-aslahalar yetkazib berildi. 10 mingdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar Germaniyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tdi.

Kiritildi: 13:09 03.11.2024. O'qildi: 1042 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!