Bugun 11 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Kiyev Rossiya bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha o‘z pozisiyasini yumshatishga tayyor – Bloomberg

Kiyev Rossiya bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha o‘z pozisiyasini yumshatishga tayyor – Bloomberg

"Ukrainaning ittifoqchilari urushni diplomatik yo‘l bilan tugatish yo‘llarini izlamoqda, Zelenskiy esa moslashuvchan yondashuvga tayyor", deb yozmoqda Bloomberg NATOdagi manbalarga tayanib. Nomi oshkor etilmagan Ukraina rasmiylari agentlik bilan suhbatda urushni tugatish zarurligini tan oldi, garchi ularning hech biri Rossiya Federasiyasiga hududiy imtiyozlar berish imkoniyati haqida gapirmagan bo‘lsada.

"Ittifoqchilar Kiyevdan ikki yarim yil davom etgan urushni tugatish uchun aniqroq reja talab qilmoqda", deya qayd etdi nashr. Zelenskiy o‘zining “g‘alaba rejasi” tafsilotlarini hali oshkor qilmagani sababli, agentlik manbalari “strategik noaniqlik” elementlarini ko‘rmoqda.

Avvalroq Zelenskiy Ukraina suvereniteti yoki hududlari ustidan “savdo qilish imkoniyati” haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini aytgan va yana 1991 yilgi chegaralarga qaytishni nazarda tutuvchi Ukraina “tinchlik formulasi”ni talab qilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘z navbatida, Ukraina qurolli kuchlarini Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlaridan olib chiqib ketishni va Kiyevning NATOga qo‘shilish uchun bergan arizasini qaytarib olishini talab qilmoqda.

Kiritildi: 12:49 09.10.2024. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!