Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Kiyev markazida portlashlar sodir bo‘ldi — Klichko

A A A
Kiyev markazida portlashlar sodir bo‘ldi — Klichko

Kiyev viloyati va Ukrainaning yana bir qancha viloyatlarida havodan ogohlantirish e’lon qilindi. Kiyev meri Vitaliy Klichko shaharda ikkita portlash sodir bo‘lganini aytdi.

“Shevchenko tumanidagi portlash poytaxt markazida sodir bo‘ldi”, — deb yozdi u telegramda. Keyinroq Klichko o‘sha hududda yana bir portlash sodir bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko voqea guvohlariga tayanib, telegram kanalida poytaxtdagi portlashlardan biri temir yo‘l vokzali yaqinida sodir bo‘lganini yozmoqda.

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak poytaxtga kamikadze dronlari tomonidan hujum qilinganini aytdi.

Shuningdek, Dnepropetrovsk, Kirovograd, Nikolayev, Poltava va Xarkov viloyatlarida havo ogohlantirishi e’lon qilindi, deb xabar beradi “Strana.ua”. Portlashlardan so‘ng Kiyevda yong‘in chiqdi. Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 11:50 17.10.2022. O'qildi: 2776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik