Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida yo‘l qurilish-ta’mirlash ishlari sababli Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi yondosh yo‘l qismi 2024 yil 28 dekabrdan 2025 yil 15 yanvargacha barcha harakat ishtirokchilari uchun yopiladi.
“Ushbu davr mobaynida boshqa muqobil yo‘llardan foydalanishingizni tavsiya qilamiz! Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!”, deyiladi xabarda.