Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«KIA» xandaqqa tushib ketdi, haydovchi esa...

«KIA» xandaqqa tushib ketdi, haydovchi esa...

Kecha, 9 oktyabr soat 05:30da «Qamchiq» dovonidan o‘tgan A-373-«Toshkent –O‘sh» avtomobil yo‘lining 233 km.dagi «Toshkent – Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «KIA» rusumli avtomashina haydovchisi X.B. ismli fuqaro boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi xandaqqa (kyuvetga) yonboshlab tushib ketgan.

FVV xabariga ko‘ra, haydovchi hodisa paytida avtoulovdan sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Voqea joyiga dastlab «Qamchiq» MQYOQBning 8-post nazoratidan serjant M.Xoliqov chiqib, haydovchiga psixologik yordam ko‘rsatgan. Shundan so‘ng avtoulovni xandaqdan chiqarish uchun «Qamchiq» qutqaruv otryadi, YPX hamda «Qamchiqavtoyo‘l» xodimlari yetib kelishib, vaziyatni o‘rganishgan. Shunga ko‘ra, «KIA» avtomashinasi maxsus texnikalar yordamida xandaqdan chiqarib olindi.

Kiritildi: 18:46 10.10.2020. O'qildi: 2512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!