Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

KIA SORENTO auksionda sotilishi mumkin

KIA SORENTO auksionda sotilishi mumkin

Bank kreditlari ko‘pchilik hollarda garov evaziga beriladi. Agar kredit olgan shaxs bank oldidagi majburiyatlarini bajarmagan taqdirda sud tomonidan kredit qarzdorliklarini garovdagi mulkiga qaratish yoki xatlash to‘g‘risida ijro varaqa chiqariladi.

Jumladan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 22.01.2024 yildagi «Davrbank» XATB foydasiga qarzdor L.Botirovdan 400 million so‘m kredit qarzdorlik undiruvini garov mulki hisoblangan «KIA SORENTO» avtomashinasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro varaqasi byuroning Zarbdor bo‘limiga 05.03.2024 yilda kelib tushgan.

Bundan tashqari bo‘lim ish yurituvida fuqaroning 5 ta ijro hujjati bo‘yicha 40 mln. so‘mga yaqin qarzdorligi mavjud.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga ijro ishi qo‘zg‘atilib, taraflarga nusxalari yuborilgan.

Mazkur ijro ishi doirasida L.Botirov bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida ushbu avtotransport auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.

Fuqaro olgan krediti va boshqa qarzlarini muntazam to‘lab borganida, bunday harakat va xarajatlar bo‘lmas edi.

Kiritildi: 21:41 03.04.2024. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!