Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kemamodelchilarimiz Qozog‘istonda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

Kemamodelchilarimiz Qozog‘istonda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qozog‘istonning Karaganda shahrida kemamodel sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Hamdo‘stlik kubogi doirasidagi Qozog‘iston ochiq qishki chempionatida mamlakatimiz sportchilari 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Turkiya, Rossiya, Belarus O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarining 60 dan ortiq vakillari ishtirok etgan ushbu musobaqalarda sportchilar o‘zlari tomonidan yasalgan kemalar modellarini va ularning suvda harakatlanish imkoniyatlarini namoyish etishdi.

Hamdo‘stlik kubogi bosqichi hisoblangan chempionatda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportchilaridan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi.

Karagandada kechgan bahslarda aqliy va jismoniy faollikni namoyish etgan sportchilarimizdan Farhod Jovliyev, Aleksandr Nemerjiskiy, Marat Xakimzanov, Nail Xakimzanov, Shahrizoda Muhammadaminova, Dilshod Eshmurodov terma jamoamizning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shishdi.

Kiritildi: 10:48 02.03.2024. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!