Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davom etayotgan yig‘ilishda kelgusi yildan ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlar, chin yetimlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ikkilamchi bozordan ham uy-joy olishlariga imkoniyat yaratilishi ta’kidlandi.
Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida yangi qurilgan uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularni rasmiylashtirish, subsidiya va kredit ajratish xizmatlarini bitta joyda ko‘rsatish markazlari tashkil etiladi.
"Odamlarimiz qaysi hududda yoki qaysi quruvchida ipoteka shartlariga to‘g‘ri keladigan xonadon bor, deb o‘ylanib yurmasligi kerak", dedi davlatimiz rahbari.
Bir oy muddatda poytaxtda kamida 5 ta, viloyatlarda esa 2 tadan hududda barcha xizmatlarni jamlagan markazlar tashkil qilish topshirig‘i berildi.