Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Kelgusi o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishi oshkor bo‘ldi

Kelgusi o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishi oshkor bo‘ldi

Davlat Test markazi O‘zbekistonda 2020– 2021 o‘quv yilida kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishiga izoh berdi.

Ma’lumki yangi o‘quv yilida abituriyentlar 5ta fandan imtihon topshirishadi. Testning birinchi bo‘limiga 3ta majburiy fan: ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritilgan. Ikkinchi bo‘limda esa – ixtisoslik bo‘yicha ikkita fandan savollar kiritilgan bo‘ladi.

AOKA da bo‘li o‘tgan matbuot anjumanida DTM mutaxassislari ushbu tartib jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qabul qilinganini xabar qilindi.

Masalan AQShda 3ta qo‘shimcha fan, matematika majburiy, Janubiy Koreyada 4ta fan – matematika va ingliz tili majburiy, Rossiyada 3ta yoki 4ta fan – rus tili va matematika majburiy, deyishdi mutaxassislar.

Bundan kutilgan maqsad shu-ki abituriyentlar faqat o‘z sohasida cheklanib qolmasdan, boshqa muhim va kerakli fanlarni ham o‘rganadi, dunyoviy bilimlari qamrovi kengayadi. Kelajakda– boshqa toifadagi testlarni ham qo‘llash rejalashtirilgan.

Asosiy blok va ixtisoslik bo‘yicha qo‘yiladigan savollar murkkabligi turlicha bo‘ladi. Majburiy fanlar blokida savollar osonroq bo‘lishi mumkin. Ixtisoslik bo‘yicha savollar murakkabroq bo‘ladi.

Shuningdek, ball berishda ham majburiy fanlar bo‘yicha har bir savolga 2,1 ball va jami 94,5 ball beriladi. Ixtisoslik bo‘yicha 2ta fandan 3,1 balldan beriladi va jami 186 ball beriladi. Bunda abituriyent 280,5 ballni tashkil qiladi.

Yana bir yangilik, shu paytgacha O‘zbekistonda test savollari ochiqlanmas edi, endi bo‘lsa o‘tgan mavsumda foydalanilgan savollar nashrdan bosib chiqarildi

Kiritildi: 06:44 20.11.2019. O'qildi: 2433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!