Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Kavkazda 11 nafar alpinist halok bo‘ldi

Kavkazda 11 nafar alpinist halok bo‘ldi

Kavkazda ko‘chki tushishi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi.

6 sentyabr kuni Kavkazdagi Bezengi darasiga Mijirgi tog‘idan qor ko‘chkisi tushishi oqibatida 11 nafar alpinist halok bo‘ldi.

Kabardino-Balqariya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, ko‘chki 33 kishidan iborat guruhni bosib qolgan. 11 kishi halok bo‘lgan, yana olti kishining taqdiri hozircha noma’lum.

O‘n kishi tog‘dan mustaqil ravishda tushib kelgan. Olti kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruv ishlariga vertolyotlar ham jalb qilingan.

Mijirgi tog‘ining balandligi 5025 metr bo‘lib, u Kavkazdagi balandligi bo‘yicha yettinchi o‘rinda turadi va Rossiya bilan Gruziya chegarasida joylashgan.

Kiritildi: 20:30 07.09.2026. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik