Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"Kasallikka chalinganlar respublikamizning barcha hududlaridan aniqlangan"

"Kasallikka chalinganlar respublikamizning barcha hududlaridan aniqlangan"

«Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinkasida davolanayotgan 92 bemorning 23 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 5 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. 

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 1 nafarining ahvoli o‘rta og‘irlikda, 1 nafariniki esa o‘ta og‘ir.

Koronavirusga chalingan bemorlar Toshkent shahridan tashqari yana 8 ta viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik. Bu bemorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda doimiy yashaydigan fuqarolardir. Ular qaysi charter reys bilan qayerga olib kelingan bo‘lsa, aynan shu yerda tibbiy kuzatuvga olingan, bemorlar esa tegishli tibbiy muolajalarni olyapti. 

❗️Biron bir hudud fuqarolari bizda kasallik chiqmadi, degan fikr qilishi kerak emas. Kasallikka chalinganlar respublikamizning barcha hududlaridan aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, har bir hududga kasallik kirib kelishi ehtimoli yo‘q emas», — Nurmat Otabekov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori.

Manba: O‘zA

Kiritildi: 12:01 07.04.2020. O'qildi: 5904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!