Buyuk Britaniyada qat’iy karantin cheklovlari qo‘yilganligi natijasida norozi aholi namoyishga chiqdi. Minglab norozichilardan 36 nafari hibsga olingan, deya xabar beradi Sky News nashri.
Karantinga norozi aholining aksariyati niqobsiz bo‘lgan, bundan tashqari Uaytxoll ko‘chasi bo‘ylab tutun mash’alalar yoqishgan. Shu bilan birga, qo‘llarida “Farzandlarimizning hayotini buzishni bas qiling!” va “Virusdan emas, Vestmonstrdan ko‘rqing!” qabilidagi yozuvlar tushirilgan peshtaxtalar ushlab olishgan.