Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Karantin vaqtida "5000 qadam" tadbiri o‘tkazilishiga "SES" ruxsat bermagan

Karantin vaqtida "5000 qadam" tadbiri o‘tkazilishiga "SES" ruxsat bermagan

5000 qadam loyihasi ommaviy bo‘lmasligi kerak. Ya’ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog‘lig‘i uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan va "SES" ruxsat berdi" degan xabarlar xech qanday asosga ega emas. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.

"Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldinii olish bo‘yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi yetkachi hisoblanadi", — dedi u.

Kiritildi: 13:18 29.05.2020. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!