Bu yilning oxirigacha Italiya sayyohlar uchun chegaralarni ochmaydi, dedi madaniyat va turizm vaziri Dario Francheskini "La Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida.
Vazir Italiyada koronavirus sababli yopilgan muzeylar va asosiy diqqatga sazovor joylar may oyida ochilishini tan olgan. Ularning orasida Kolizey va Pompey ham bor.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hukumat ichki turizm va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ularga Italiya kurortlaridagi yozgi ta’til uchun har bir oilaga 500 yevrogacha subsidiyalar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni qariyb 193 ming kishini tashkil etadi, ularning 26 ming nafari vafot etgan. So‘nggi bir necha kun ichida mutaxassislar infeksiya yuqtirish holatlari kamayayotganini qayd etdi.