Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Karantin! Oltiariqda 1500 dollarlik xo‘rozlarni o‘g‘irlab ketishdi

Karantin! Oltiariqda 1500 dollarlik xo‘rozlarni o‘g‘irlab ketishdi

Oltiariq tumani. 2020 yil 24 fevral kuni Ko‘mirchi mahallasida yashovchi YA.U. tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, tovuqxonasidan jami narxi 1 500 AQSh dollarlik 3 dona xo‘rozlarini noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmatining "ANIQ.UZ"ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida yuqoridagi jinoyatni I.A. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

 

 

Kiritildi: 15:56 10.04.2020. O'qildi: 2666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!