Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kanadada o‘rmon yonyapti

Kanadada o‘rmon yonyapti

Kanada g‘arbidagi sayyohlik shaharchasi Jasperni kuchli o‘rmon yong‘ini vayron qildi. Tabiiy ofat shahar hududining 50 foiziga ziyon yetkazishi mumkin.

“Reuters” xabar berishicha, Alberta muzofotida joylashgan Jasper, xususan shaharda joylashgan markaziy boqqa yiliga 2 milliondan ko‘p sayyoh keladi. Rasmiylar taxminicha, alanga ta’sirida jami 25 mingga yaqin odam evakuasiya qilingan.

Muzofot Bosh vaziri Daniel Smit so‘zlariga ko‘ra, ehtimoliy zarar 30 foizni tashkil qiladi. Afsuski. olov hamon nazoratdan tashqarida.

Qutqaruvchilarni bir faraz qattiq tashvishlantiryapti: o‘t Edmontondan Vankuverga har kuni 890 ming barrel neft yetkazib beruvchi “Trans Mountain” neft quvuridan chaqnagan bo‘lishi mumkin.

Yong‘inni bartaraf etishga federal hukumat va boshqa favqulodda vaziyatlar guruhlari yuborilmoqda. Yaqin kunlarda Meksika, Janubiy Afrika, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan jami 400 nafar o‘t o‘chiruvchi yordamga kelishi kutilyapti.

Hozir Albertada jami 176 joyda o‘rmon yonyapti, 50 ta o‘choq nazoratga olinmagan. 10 ga yaqin olovli hudud Britaniya Kolumbiyasi bilan chegara atrofida joylashgan. 423 nuqtada yong‘in faolligi qayd etilgan, o‘nlab aholi manzillarida evakuasiya bo‘yicha ko‘rsatma, ogohlantirish berilgan.

Kiritildi: 11:17 27.07.2024. O'qildi: 728 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!