Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Kanadada o‘rmon yong‘ini maydoni 90 ming kvadrat kilometrga yetdi

A A A
Kanadada o‘rmon yong‘ini maydoni 90 ming kvadrat kilometrga yetdi

Yil boshidan buyon Kanadada 3,5 ming o‘rmon yong‘ini qayd etilgan. Hozirgacha o‘t olgan hudud 90 ming kvadrat/kilometrdan oshdi, deb xabar beradi "belTA".

Hozir Kanadadagi mavjud 670 yong‘in o‘chog‘ining yarmi nazoratdan chiqib bo‘lgan.

Kanada tabiiy zaxiralar vazirligi ma’lum qilishicha, yuqori harorat va qurg‘oqchilik vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda, shu bois o‘rmon yong‘ini yoz tugaguncha davom etishi taxmin qilinmoqda. Kanadaning barcha mintaqalarida qurg‘oqchilik qayd etilgan, ayrim hududlarda vaziyat tobora keskinlashmoqda.

Mahalliy matbuot joriy yil Kanadada o‘rmon yong‘ini sababli 155 ming kishi xavfsiz hududga ko‘chirilganini yozgan. Mutaxassislar tomonidan bu galgi ofat ko‘lami bo‘yicha mamlakat tarixidagi eng yirigi ekani urg‘ulanyapti.

Kiritildi: 17:30 10.07.2023. O'qildi: 1622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!