Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kanada Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

Kanada Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujumni qoraladi

Kanada Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoraladi.

Bu haqda Kanada tashqi ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post qoldirildi.

"Diplomatik vakolatxonalarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari hech qanday asosga ega emas. Marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz", - deyiladi nashrda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 27 yanvar kuni Boku vaqti bilan taxminan soat 8:30 da Ozarbayjon Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi elchixonasida terakt sodir etilgan edi.

Hujumchi xavfsizlik postida avtomatdan o‘q uzgan, xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘lgan, elchixonaning ikki qo‘riqchisi yaralangan. Hozirda hujum yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:48 29.01.2023. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!