Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi

Kanada Mudofaa vazirligi Xitoyni Arktikada razvedka ma’lumotlarini to‘plashda aybladi

Xitoyning Akrtikadagi faoliyati ilmiy tadqiqotlar chegarasidan chiqib, razvedka ma’lumotlarini to‘plashga o‘tgan. Bu haqda Kanada mudofaa vaziri Uilyam Bler Galifaksda o‘tkazilgan xavfsizlik forumida ma’lum qildi.

«Xitoy bizning Arktikamizga ikki usulda yondashmoqda. Birinchisi — iqtisodiy bosim, mintaqadagi o‘ta muhim va boshqa infratuzilmalarga investisiyalar orqali. Ikkinchisi — o‘zlari ilmiy tadqiqot deb atayotgan yo‘nalish orqali», — deydi Mudofaa vazirligi rahbari.

Blerning so‘zlariga ko‘ra, Kanada xitoyliklarning Arktikadagi faoliyati ilmiy tadqiqot maqsadlari bilan cheklanib qolmayotganini kuzatib bormoqda.

«Ular dengiz tubining xaritasini tuzmoqda. Ular razvedka ma’lumotlarini to‘playapti» — deya oydinlik kiritgan Bler.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!