Bu haqda Globe and Mail va Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Globe and Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Tryudo 6 yanvar kuni Liberal partiya rahbarligidan ketishini e’lon qilishi mumkin. Reuters esa Kanada bosh vaziriga yaqin manbaga asoslanib, bunday ehtimol ortib borayotganini, ammo Tryudo hali yakuniy qaror qabul qilmaganini yozmoqda.
Jastin Tryudo 2015 yil noyabridan beri qariyb o‘n yil davomida Kanada hukumatini boshqarib kelmoqda. U bu lavozimda uch muddat ishlab kelmoqda. Kanadada 2025 yilda parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq Tryudo partiyasining reytingi muxolifatdagi Konservativ partiya reytingidan past: 25% ga nisbatan 38%.