2021 yil uchun Green Card lotereya dasturi 2019 yil 2 oktyabr kuni boshlanib, 5 noyabr kuni tugaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lum qildi.
Bu galgi Green Card dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin. Xususan, endi talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.
Tasodifiy kompyuter dasturi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 30 sentyabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi. Quyidagi davlatlar bu yilgi registrasiyada qatnasha olmaydi:
Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vyetnam.
AQSh fuqarolik va immigrasiya xizmati saytida Green Card bilan bog‘liq maxsus sahifa bo‘lib, unda ushbu lotereyada ishtirok etish, uning hujjatlarini to‘ldirish bilan bog‘liq barcha savollarga to‘liq va batafsil javob olish mumkin.