Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Kamalaning eri yahudiy, o‘gay qizi ham yahudiy. Xarris xonimning o‘zi-chi?

Kamalaning eri yahudiy, o‘gay qizi ham yahudiy.  Xarris xonimning o‘zi-chi?

Kamala Harrisning eri yahudiy, o‘gay qizi ham yahudiy. Lekin, o‘zi so‘lchi bo‘lgani uchun Tramp kabi radikal juhudparast emas. Chunki, so‘lchilarning yaxshi tomonlaridan biri mazlumlar bilan birdamligida.

Eri, AQShning ikkinchi janobi Duglas Kreyg Emhoff yahudiy va Bayden ma’muriyatining antisemitizmga qarshi faol bayroqdori. Emhoff 2023 yil 25 mayda AQShning antisemitizmga qarshi milliy strategiyasini ishlab chiqqan Oq uy guruhi a’zolarining bir qismi bo‘lgan. HAMAS-Isroil mojarosida esa HAMAS maktab va kollejlarga zarba beryapti deb dod-voy solgan. Bundan tashqari, Isroil hukumati va asl yahudiylarni chalkashtirib yubormaslik kerakligini aytgan va bundan antisemitizmni kuchaytirish sifatida foydalanmaslik kerakligini aytgan.

O‘gay qizi Ella Emhoff yahudiy bo‘lishiga qaramay, o‘tgan yil boshlangan HAMAS-Isroil urushida falastinliklar tomonda turibdi. Instagram sahifasida bir necha bor G‘azo uchun xayriya pullari yig‘gani bunga yaqqol misol.

Kamala Harris G‘azo inqirozi sababli falastinliklarni qo‘llab namoyishlarga chiqqan universitet talabalari haqida: G‘azo urushiga qarshi talabalar namoyishlari inson tuyg‘usi qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatmoqda", degan edi.

Umuman aytganda, Kamala Harris Tramp kabi ashaddiy yahudiyparast emas. Ammo, Kamala Harrisning oilasida yahudiy eri borligi sabab oilaviy keys siyosatga ham ko‘chishi mumkin.

Kiritildi: 12:18 29.07.2024. O'qildi: 4013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!