Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshqa davlatlar rahbarlarini haqorat qilish darajasiga tushmaydi, dedi uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning Rossiya yetakchisiga nisbatan haqoratlariga izoh berar ekan.
Avvalroq, Kamola Xarris Rossiya prezidentiga nisbatan haqoratomuz bayonot bilan chiqqan edi. Xarris "qotil diktator" so‘zlarini ishlatgan.
"Prezidentimiz hech qachon bunday qilmagan va, o‘ylaymanki, qilmaydi," - dedi Kreml vakili.
"Bu [AQSH] siyosiy tuzumining shunday amaliyoti," - deya ta’kidladi u.