Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Kamala Xarris saylov poygasida Bayden o‘rniga eng yaxshi nomzod

Kamala Xarris saylov poygasida Bayden o‘rniga eng yaxshi nomzod

Kamala Xarris saylov poygasida Bayden o‘rniga eng yaxshi nomzod sifatida ko‘rilmoqda, deb yozadi Reuters Demokratik partiyadagi manbalarga tayanib.

Agentlikning ta’kidlashicha, AQSh prezidentining beadab, ba’zan tushunarsiz nutqi demokratlar orasida vahima qo‘zg‘atdi va yuqori darajadagi yordamchilarni iste’foga chiqishga chaqirdi.

Manbaga ko‘ra, agar Xarris nomzodi qo‘yilsa, Baydenning saylovoldi kampaniyasi uchun yig‘ilgan barcha mablag‘ unga o‘tadi. U boshqa muqobil nomzodlar orasida eng yuqori obro‘ga ega.

Statistikaga ko‘ra, uning reytingi Baydenni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichidan kam emas, deya xulosa qiladi Reuters.

Kiritildi: 22:56 03.07.2024. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!