Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” seriali aktrisasi saratondan vafot etdi

“Kalmar o‘yini” serialining ikkinchi mavsumida sobiq polisiya xodimi Xvan Chjun-Xoning onasi rolini ijro etgan aktrisa Li Ju-shil 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yonhap News Agency xabar berdi.

Axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, aktrisaga uch oy oldin oshqozon saratoni tashxisi qo‘yilgan. Un kasalligiga qaramay kinoda suratga olishni davom ettirgan. Yijonbu kasalxonasi aktrisaning yurak xurujiga uchraganini tasdiqladi. Uning dafn marosimi 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Li Ju-Shiel o‘z faoliyatini 1965 yilda teatr aktrisasi sifatida boshlagan. Yoshligida u Janubiy Koreyaning ko‘plab taniqli spektakllarida qatnashgan. 1993 yilda unga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan, o‘n yildan so‘ng u saraton kasalligini yengishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 14:57 04.02.2025. O'qildi: 2090 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!