AQShning Kaliforniya shtatidagi turli hududlarda, jumladan San-Luis-Obispo va Riversayd okruglarida boshlangan o‘rmon yong‘inlari taxminan 34 ming gektar maydonni yondirib yubordi.
Kaliforniyaning O‘rmon xo‘jaligi va yong‘inga qarshi kurash departamenti (Cal Fire) rasmiy veb-saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, 2 iyul kuni San-Luis-Obispo okrugida boshlangan “Madre” yong‘ini 32 ming gektarga yaqin maydonga tarqalgan. Hozirda yong‘inning faqat 35 foizini nazoratga olishga erishilgan.
Mahalliy hokimiyatlar yong‘inlar kengayishda davom etayotganini bildirib, aholini ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirmoqda. Minglab odamlar evakuasiya qilingan. Havo haroratining yuqoriligi va shamolning kuchliligi yong‘inni o‘chirish ishlarini qiyinlashtirmoqda.