Kadastr agentligi tomonidan 4 mln.dan oshiq ma’lumot UZKAD tizimiga o‘tkazish to‘liq yakunlandi.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish ishlari haqida ma’lumot berdi:
Bunda ma’lumotlar 500 mingta noturar joy ob’ektiga oid bo‘lib, hozirda UZKAD tizimi bilan bog‘liq hech qanday muammolar mavjud emas.
Amaldagi tartib bo‘yicha, noturar ko‘chmas mulklar bo‘yicha notarial bitimlar tasdiqlash jarayonida Notarial idoralar Kadastrga so‘rov yuboradi va javob kelganidan so‘ng, bitim tasdiqlanadi.
Agar noturar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq ilgari qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, UZKAD tizimida ro‘yxatdan o‘tmaganligi aniqlangan taqdirda:
🔘noturar ko‘chmas mulklarga bo‘yicha notarial bitimlar tasdiqlashda notariuslarning so‘rovnomasiga asosan ko‘chmas mulk haqida ma’lumotlar taqdim etishda belgilangan muddatlarga qo‘shimcha uch kun ichida UZKAD tizimida bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Xuddi shunday, noturar ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipoteka shartnomalarini, bino va inshootlar ijara shartnomasi, servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishda ham uch kun ichida UZKAD tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng xizmatlar ko‘rsatish amalga oshiriladi.