Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Jurnalistlar uyushmasining sobiq raisi Mudofaa vaziriga maslahatchi bo‘ldi

Jurnalistlar uyushmasining sobiq raisi Mudofaa vaziriga maslahatchi bo‘ldi

2022 yildan buyon Prezident Administrasiyasida bosh konsultant lavozimida ishlab kelayotgan Olimjon O‘sarov boshqa ishga o‘tganligi to‘g‘risida Prezident farmoyishi e’lon qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, O.O‘sarov Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy masalalar va yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan (https://xabar.uz/cya8).

Yaqinda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida "Milliy tiklanish" partiyasi raisi Alisher Qodirovning majburiy harbiy xizmat borasidagi fikrini qo‘llab-quvvatlashi haqida post qoldirgan edi. Ijtimoiy tarmoq faollarining yozishicha, aslida ushbu g‘oya mualliflaridan biri Olimjon O‘sarovning o‘zi bo‘lgan. Qolaversa, u "Milliy tiklanish" partiyasidan ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan (2005, 2010).

Ixtisosligiga ko‘ra, O.O‘sarov jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dosent. 2-darajali adliya maslahatchisi (podpolkovnik harbiy unvoniga tenglashtirilgan).

Mehnat faoliyati davomida Oliy sud Axborot xizmati rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va ommaviy kommunikasiya lar masalalari qo‘mitasi a’zosi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali Bosh muharriri, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifalarida ishlagan.

Kiritildi: 15:10 10.10.2024. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!