Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

JSST: To‘rt haftada koronavirusdan o‘lim holatlari 39 foizga kamaydi

A A A
JSST: To‘rt haftada koronavirusdan o‘lim holatlari 39 foizga kamaydi

Shu yilning 27 fevralidan 26 martigacha dunyo bo‘yicha qariyb 3,6 million kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Ulardan 25 mingdan ziyodi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

📉 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, bir oy ichida bemorlar soni undan avvalgi to‘rt haftaga nisbatan 39 foizga, o‘lim ko‘rsatkichi esa 27 foizga kamaygan.

📌 27 fevral — 26 mart kunlari eng ko‘p kasallanish qayd etilgan davlatlar:

🇺🇸 AQSh — 678 ming,

🇷🇺 Rossiya — 333 ming,

🇰🇷 Janubiy Koreya — 270 ming,

🇨🇳 Xitoy — 256 ming,

🇯🇵 Yaponiya — 243 ming nafar.

📌 Eng ko‘p o‘lim holatlari ro‘yxatga olingan mamlakatlar:

🇺🇸 AQSh — 7909,

🇬🇧 Buyuk Britaniya — 2719,

🇯🇵 Yaponiya —1519,

🇨🇳 Xitoy — 1230,

🇩🇪 Germaniya —1085 nafar.

Kiritildi: 14:38 31.03.2023. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!